O‘zbekiston Rossiyadan sayyohlarni jalb qilmoqchi

© Mejdunarodniy press-klubGlava gosudarstvennogo komiteta po turizmu Aziz Abduxakimov
Glava gosudarstvennogo komiteta po turizmu Aziz Abduxakimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi Xitoyga safarini bekor qilgan sayyohlarni O‘zbekistonga jalb qilishni rejalashtirmoqda.

TOShKENT, 12 mar – Sputnik. Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi koronavirus tufayli Xitoyga safarini bekor qilgan rossiyalik sayyohlarni O‘zbekistonga jalb qilmoqchi. Bu haqida qo‘mita raisi Aziz Abduhakimov xabar qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

“Biz hozir Rossiyadan Xitoy va boshqa mamlakatlarga sayyohat qilgan turistlar oqimlarini o‘rganmoqdamiz. Biz ularga O‘zbekistonga kelishni taklif qilmoqdamiz. Ular bilan aloqaga chiqmoqdamiz, turoperatorlarimiz ishlayapti”, - dedi Abduhakimov Gazeta.uz nashriga.

Qo‘mita rahbari so‘zlariga ko‘ra, ular nafaqat Moskva va Sankt-Peterburgdan balkim Sibir shaharalari Tumen, Surgut, Krasnoyarsk va Novosibirskdan ham sayyohlarni jalb qilishni rejalashtirishgan.

Bosh vazir o‘rinbosari aytishiga qaraganda, O‘zbekiston arzon “Pobeda” loukoster aviakompaniyasi parvozlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini o‘rganmoqda. Shuningdek, Samarqanddan Sankt-Peterburgga, Buxorodan Qozonga parvozlar yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotganini va O‘zbekiston Havo yo‘llari parvozlariga 20%gacha chegirma e’lon qilinishi rejalashtirilayotganini xabar qildi.

Mejdunarodniy aeroport Simferopol - Sputnik O‘zbekiston
Viruslar kelib ketaveradi, sayohatlar qoladi – Rosturizm

“Yaqin haftalar ichida Markaziy Osiyo, Rossiya va Ozarbayjon turkompaniyalari rahbarlari sammitini o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz. Unda mahalliy turizmni rivojlantirish, ushbu mamlakatlarda epidemiya ustidan nazorat o‘rnatilgani va uning xavfi yo‘qligi haqida so‘z yuritiladi”, - dedi Abduhakimov.

Eslatib o‘tamiz, COVID-19 koronavirusi tarqalishi munosabati bilan O‘zbekiston 1-fevraldan boshlab Xitoy, Eron, Italiya, Janubiy Koreya va Yaponiya bilan parvozlarini bekor qilgan edi.

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi xabariga ko‘ra, o‘tgan yilda O‘zbekistonga  6,75 million kishi kelgan. Ulardan 455 mingi – Rossiyadan.

JSST 11-mart kuni koronavirus tarqalishini dunyo miqyosidagi pandemiya deb e’lon qildi. Bugungi kunda COVID-19 bilan dunyoning 100dan ortiq mamalkatlarida 120 mingga yaqin kishi kasallangan, qurbonlar soni 4 mingdan oshgan.

Yangiliklar lentasi
0