O‘zbekistondagi xorijiy fuqarolarning vizasi 10-aprelgacha uzaytiriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTuristi osmatrivayut mavzoley Gur Emira v Samarkande
Turisti osmatrivayut mavzoley Gur Emira v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Karantin muddatiga to‘g‘ri kelgan barcha chiptalar xaridorlar tomonidan qaytarilganda jarimasiz qabul qilinadi, chipta narxi xaridorga to‘liq qaytarilib, uning muddati boshqa kunga ko‘chiriladi.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekistonda bo‘lib turgan xorijliklarning viza muddati joriy yilning 10-apreligacha avtomatik uzaytirib  beriladi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi xabar qildi.

Vstrecha passajirov, pribivshix iz Kitaya, v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston xorijda qolib ketgan fuqarolariga charter reyslar bilan qaytishida ko‘maklashadi

Ta’kidlanishicha, mamlakatga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lgan davlatlar fuqarolariga joriy yilning 10-apreligacha mamlakatdan chiqib ketishga ruxsat beriladi.

Bundan tashqari qarorga ko‘ra, turizm maqsadida qabul qilingan, karantin muddatiga to‘g‘ri kelgan barcha chiptalar xaridorlar tomonidan qaytarilganda jarimasiz qabul qilinadi, chipta narxi xaridorga to‘liq qaytarilib, uning muddati boshqa kunga ko‘chiriladi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida joriy yilning 16-mart kunidan boshlab O‘zbekiston va barcha xorijiy davlatlar o‘rtasidagi avtomobil va aviqatnovlar rasman to‘xtatib qo‘yildi. Hozirda O‘zbekistonda bo‘lgan xorijliklarni o‘z yurtlariga qaytarish, xorijdagi o‘zbekistonliklarni mamlakatga qaytarish bo‘yicha  harakatlar olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0