Pandemiyadan so‘ng aviachiptalar narxi oshishi mumkin - IATA

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSamolet Boeing 757-231 aviakompanii "Uzbekistan Airways" v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva.
Samolet Boeing 757-231 aviakompanii Uzbekistan Airways v mejdunarodnom aeroportu Vnukovo imeni A. N. Tupoleva. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pandemiya tugaganidan so‘ng, samolyotlarda o‘rindiqlar orasidagi masofa kengaytirilishi va ularning soni kamayishi mumkin, dedi IATA rahbari.

TOShKENT, 16 apr - Sputnik. Koronavirus pandemiyasi tugaganidan so‘ng aviachiptalar narxi ikki baravar oshishi mumkin, deb xulosa qildi Havo transporti xalqaro assossiatsiyasi (IATA) rahbari Aleksandr de Junyak.

Havo transporti bo‘yicha eng nufuzli assotsiatsiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, aeroportlar qayt ishga tushib parvozlar amalga oshirilishi qayta boshlanganidan so‘ng, sayyohlar va yo‘lovchilar uchun yangi cheklov choralari kiritilishi mumkin. 

Xususan, sog‘liqni saqlash tashkilotlari samolyotlar salonida yo‘lovchilar orasidagi masofani kengaytirishni talab qilishi mumkin. O‘shanda aviakompaniyalar har ikki o‘rindiq orasida bitta bo‘sh o‘rindiq qoldirishga majbur bo‘lishadi. Buning oqibatida yo‘lovchilar soni kamayadi va chiptalar narxi 50%gacha oshishi mumkin., - dedi Junyak.

Eslatib o‘tamiz, bugun koronavirus pandemiyasi tufayli dunyoning aksariyat davlatlarida xalqaro parvozlar ta’qiqlangan, AQSh va Yevropaning ayrim shaharlarida karantin o‘rnatilgan. Turizm, yo‘lovchi aviatsiyasi sohalarida daromadlar keskin kamayishi kuzatilmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0