10:55 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Turizm
Havola olish
87121

Nurmat Otabekov karantindan soʻng Oʻzbekiston xorijliklarning mamlakatga kirish tartibini oʻzgartirishini istisno qilmadi.

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov karantindan soʻng Oʻzbekiston xorijliklarning mamlakatga kirish tartibini oʻzgartirishini istisno qilmadi.

Uning soʻzlariga koʻra, karantin tugagandan keyin ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yana iziga tushib ketadi. Mamlakatda avtomobil, poyezd va samolyotlar orqali halqaro qatnovlar, bordi-keldilar boshlab yuboriladi.

“Albatta, xalqaro tajribalar ham  oʻrganib chiqiladi. Balkim dastlabki davrda faqat koronavirus yoʻqligini tasdiqlovchi hujjati boʻlsagina, viza berish tizimi joriy qilinar. Buni esa vaqt va epidemik vaziyat koʻrsatadi”, - dedi u AOKAdagi brifingda.

Shuningdek, agar shu tizim joriy qilingudek boʻlsa ham, xorijlik fuqaroning viza olgan davri bilan mamlakatga kelgan davri koronavirus kasalligining yashirin davri (14 kun) bilan bir-biriga mutanosib boʻlishi kerakligini taʼkidladi. Har qanday tartibni amaliyotga kiritish uchun juda jiddiy oʻylash va oʻrganishga toʻgʻri keladi.

Asosiy mavzular