04:48 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Turizm
Havola olish
34700

Koronavirus kasalligi jilovlangan davlatlar roʻyxatini shakllantirib, ular bilan turizm aloqalarini bosqichma-bosqich tiklash kerakligi taʼkidlandi.

TOSHKENT, 28 may - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga "Uzbekistan. Safe travel guaranteed" ("Oʻzbekiston. Xavfsiz sayohat kafolatlangan") brendi ostida turistlar uchun sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi loyihasi taqdim etildi.

Prezident shuningdek, mamlakat ichki turizmni tiklash va rivojlantirish borasidagi rejalar bilan tanishildi. 

Mirziyoyev birinchi bosqichda "yashil" hududlar oʻrtasida ichki turizmga ruxsat berish zarurligini taʼkidladi.

Togʻli joylar va koʻl boʻylarida yengil konstruktsiyali dam olish maskanlarini tashkil etish boʻyicha koʻrsatma berildi. Hokimlar bilan birgalikda koʻchma dam olish maskanlari dislokatsiyasi tasdiqlanib, elektron portalga joylashtiriladi.

Ikkinchi bosqichda koronavirus kasalligi jilovlangan davlatlar roʻyxatini shakllantirib, ular bilan turizm aloqalarini bosqichma-bosqich tiklash kerakligi taʼkidlandi.

"Turizm faoliyatini qayta tiklash uchun, eng avvalo, mehmonxonalar qanday ishlaydi, turistlar aeroportda qanday qabul qilinadi, ularning mamlakat ichida harakatlanishi qanday tashkil etiladi, degan savollarga aniq javob boʻlishi kerak. Belgilanadigan meʼyorlar sodda, lekin kasallikning oldini olish uchun yetarli boʻlishi lozim. Misol uchun, bitta holat aniqlansa, butun mehmonxonani karantinga olishga zarurat boʻlmaydigan tizim ishlab chiqish zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Turizm yoʻnalishida tadbirkorlar koʻrgan zararni yaqin 1-2 yil ichida toʻliq qoplash qiyin. Shu bois prezident bu sohaga qoʻshimcha imtiyoz va preferentsiyalar berish lozimligini taʼkidladi.

Xususan, turistik yigʻimlardan ozod qilish boʻyicha avval berilgan imtiyoz yil yakuniga qadar uzaytiriladi. Shuningdek, soha korxonalari foyda soligʻini hisoblashda 2020-2021 yildagi koʻrgan zararlarini keyingi yillar foydasidan chegirib tashlashga ruxsat beriladi.

Mehmonxonalarga koʻrsatgan xizmatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi. Bundan tashqari, ularga aylanma mablagʻ uchun kredit foiz toʻlovlarining 10 foizigacha boʻlgan qismiga subsidiya beriladi.

Koronavirus pandemiyasi turizm sohasiga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Jahon turizm tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, 2020 yil yakunlari boʻyicha xalqaro sayohatlar 89 foizga, ish oʻrinlari 74 milliontaga qisqarishi, sohadagi jami yoʻqotishlar 800 milliard dollarni tashkil etishi kutilmoqda.

Maʼlumki, joriy yil 16 martdan mamlakat tashqi va ichki turistlar uchun yopilgan, oqibatda 1,5 mingdan ortiq turoperator, 1,2 mingta mehmonxona oʻz faoliyatini toʻxtatgan edi.

Asosiy mavzular