05:57 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Turizm
Havola olish
110 0 0

Prezident topshirigʻiga binoan Andijon viloyatidagi Xonobod shahri Fargʻona viloyatining turizm markaziga aylantirilmoqda.

TOSHKENT, 28 may - Sputnik. Andijon viloyatidagi Xonobod shahri ichki turizm boʻyicha Fargʻona vodiysining turizm markaziga aylantiriladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyevning 21-22 may kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida koʻrsatma berilgan edi.

Prezident topshrigʻidan kelib chiqqan holda, turizm qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov Andijon viloyatidagi qator turizm obʼyektlari holati bilan tanishdi hamda Xonobod shahri hokimligi, turizm yoʻnalishida faoliyat olib borayotgan tashkilotlar vakillari, tadbirkorlar bilan Xonobod shahrini turizm markaziga aylantirish, viloyatda turistik qishloqlarni tashkil qilish hamda ichki turizmni rivojlantirish borasida uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida hokimlik va tegishli idoralar masʼullari, turistik xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar, turistik obʼyektlar rahbarlari bilan mavjud muammolar koʻtarilib, hududda turizmni rivojlantirishga oid taklif va mulohazalar almashildi. Yigʻilishda sayyohlarni jalb etishga doir jahon tajribasi haqida  soʻz yuritildi hamda masʼullarga Prezident topshiriqlari ijrosini amalga oshirish boʻyicha zarur tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, pandemiyadan keyingi davrda sayyohlarni qabul qilishga sanitar-gigiyenik tayyorgarligi masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitar epidemiologik osoyishtalik agentligi  vakillaridan iborat ishchi guruhlar har bir obʼyekt sanatoriy, dam olish maskanlari, bolalar lagerlari, kafe va restoranlar, madaniy meros obʼyektlarida tibbiy xavfsizlik talablari hamda ijtimoiy masofani saqlash ishlarini oʻrganib, tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtirmoqda. 

Pandemiya davri tugashi bilan turizm xizmatlarini yoʻlga qoʻyishga oid ishlar Andijon viloyati kesimida ishlash uchun shay holatga keltiriladi va rasman ruxsat berilgan kundan eʼtiboran faoliyat yuritishni boshlaydi. Bu esa viloyatdagi 43 ziyorat va madaniy meros obʼyekti, 5 sanatoriy, 375 kafe, restoran va 125 choyxona faoliyat koʻrsatishi va asosiysi - 12 mingga yaqin aholining ish oʻrinlari qayta tiklanishini taʼminlaydi.

Taʼkidlash joizki, boshqarma vakillaridan iborat yana bir guruh ayni paytda Xoʻjaobod tumanidagi Imom ota qishlogʻini turizm qishlogʻiga aylantirish, qoʻshimcha turistik xizmatlarni tashkil etish bilan shugʻullanmoqda.

Xanabad stanet turisticheskim tsentrom Ferganskoy dolinы

Asosiy mavzular