07:31 05 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Turizm
Havola olish
298 0 0

Oʻzbekistonda turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar haqida prezident farmoni qabul qilindi.

TOSHKENT, 29 may - Sputnik. Oʻzbekistonda 1 iyundan ichki turizm faoliyati qayta tiklanishni boshlaydi. Bu haqida prezidentning 28 may kuni imzolangan  “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonida aytib oʻtilgan. 

"Belgilangan sanitariya-gigiyena meʼyorlari va talablariga qatʼiy rioya etgan holda 2020 yilning 1 iyunidan “yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda ichki turizmni qayta yoʻlga qoʻyish bilan birgalikda yondosh tashkilotlarning (turoperatorlar, turagentliklar, joylashtirish vositalari, madaniyat va madaniy meros obʼyektlari hamda boshqalar) faoliyatini boshlash", - deyilgan farmonda.  

Shuningdek, prezident farmonida turoperatorlar, turagentlar va mehmonxonalar uchun quyidagi imtiyozlar belgilandi:

  • 2020 yil 1 iyundan 31 dekabriga qadar foyda soligʻi stavkasi belgilangan stavkaga nisbatan 50 foizga kamaytiriladi;
  • 2020 va 2021 yil yakunlari boʻyicha zararlarni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan miqdor bilan cheklamagan tarzda oʻtkazish huquqi beriladi;
  • 2021 yil 1 yanvargacha boʻlgan davrda turistik (mehmonxona) yigʻimini hisoblash va toʻlash toʻxtatiladi.
  • Joylashtirish vositalariga alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun mahalliy yigʻimni toʻlashni 2021 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatga soliq organlarini xabardor qilish va keyinchalik ularni 12 oy mobaynida teng qismlarda toʻlash asosida foizsiz kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) huquqi taqdim etiladi. 

Undan tashqari, turizm sohasidafaoliyat yurituvchi tashkilotlarga 12 oy muddatga bir martalik maqsadli foizsiz ssudalar berish nazarda tutilgan. Jumladan turoperatorlarga 2019 yildagi oʻrtacha oylik ish haqi fondining uch baravaridan oshmaydigan miqdorda hamda joylashtirish vositalariga har bir yotoq oʻrni uchun bazaviy  hisoblashning besh baravari miqdorida ssudalar berilishi aytib oʻtilgan.  

 

Asosiy mavzular