04:56 24 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Turizm
Havola olish
167 0 0

Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari, shuningdek Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Rossiya, Belorusiya va Moldova davlatlarining turizm administratsiyalari rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 29 may - Sputnik. 2020 yil 1 iyun kuni Oʻzbekiston tashabbusi bilan Butunjaxon turizm tashkiloti (BTT) boshchiligida koronavirus pandemiyasi taʼsiri natijasida turizm sohasiga yetkazilgan zararlarni bartaraf etish va birdam harakatlanish rejalarini muhokama etish maqsadida "Tiklanish yoʻli" xalqaro onlayn turizm konferentsiyasi oʻtkaziladi.

Bu toʻgʻrisida avvalroq Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari Aziz Abduxakimov va BTT Bosh kotibi Zurab Pololikashvili oʻrtasida boʻlib oʻtgan telefon muloqoti davomida kelishib olingan edi.

Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari, shuningdek Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Rossiya, Belorusiya va Moldova davlatlarining turizm administratsiyalari rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Mazkur konferentsiya ishtirokchilari COVID-19 pandemiyasining turizm sohasiga boʻlgan salbiy oqibatlarini yumshatish boʻyicha samarali chora-tadbir ishlab chiqish yuzasidan oʻzaro fikr va tajriba almashadilar.

Shu bilan birga, mazkur davlatlar hukumatlari tomonidan sayyohlik va turizm sanoatining jadal qayta tiklanishi va rivojlanishini ragʻbatlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini birlashtirish yoʻllari, pandemiyadan keyingi davrda turistlar uchun qulay va havfsiz sharoitlarni taʼminlash, shuningdek, turistlar oqimini yoshartirish va koʻpaytirish ishlarini tizimli tashkil etish  masalalari muhokama qilinadi.

Asosiy mavzular