17:20 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Turizm
Havola olish
266 0 0

Ayni paytda Shahrisabzda ushbu nufuzli anjumanni yuqori saviyada tashkil etish uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.

TOSHKENT, 2 iyul - Sputnik. Shahrisabzda II maqom sanʼati anjumani oʻtkaziladi, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekistonga Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Asror Allayarov.

Xalqaro tadbir joriy yilning 5-10 sentyabr kunlari "Festivallar shahri" – Shahrisabzda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Oʻzbekiston bosh vazirining 30 iyundagi II Xalqaro maqom sanʼati anjumaniga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha Tashkiliy qoʻmita majlisi oʻtkazilib, yigʻilish bayoni tasdiqlandi.

Unda ushbu nufuzli anjumanning ikkinchi marotaba oʻtkazilishiga tayyorgarlik koʻrish, xorijiy ishtirokchilarni yanada koʻproq jalb etish va ularga maqom sanʼati toʻgʻrisida koʻproq maʼlumot berish, anjuman geografiyasini yanada kengaytirish zarurligi, ishtirokchilarni oʻzbek boy madaniy merosi, sanʼati, urf-odatlari bilan yaqindan tanishtirish masalalari muhokama qilindi.

Ayni paytda Shahrisabzda ushbu nufuzli anjumanni yuqori saviyada tashkil etish uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan.

Anjumanni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha tashkiliy guruh shakllantirilib, tegishli tashkilotlarga bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab berilgan.

Eslatib oʻtamiz I xalqaro maqom sanʼati anjumani 2018 yilning 6-10 sentyabr kunlari Shahrisabz shahrining tarixiy markazida oʻtkazilgan boʻlib, unda jahonning 75 mamlakatidan yakkaxon xonandalar, folklor jamoalari, diplomatik korpus vakillari ishtirok etgandi.
,

Asosiy mavzular