21:53 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Turizm
Havola olish
548 0 0

Tutu.ru analitika markazi tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalari barcha turdagi chiptalarga boʻlgan talab oshganini koʻrsatdi. "Delfin" turistik kompaniyasi bosh direktori Sergey Romashkin ushbu holatga izoh berdi.

Tutu.ru sayohat va safarlar servisi analitika markazi soʻrov oʻtkazdi va Moskva aholisi faol ravishda Simferopol, Anapa, Sochi va Mineral suvlarga chipta xarid qilishayotganini aniqladi. Iyun oyida chet elga chiqish uchun aviachiptalarga talab nisbatan oshgan. Chiptalar eng koʻp Oʻzbekiston, Moldaviya, Armaniston va Belarusga xarid qilingan.

"Delfin" turistik kompaniyasi bosh direktori Sergey Romashkinning soʻzlariga koʻra, Tutu.ru servisida chiptalarni koʻproq sayyohlar emas, balki mehnat migrantlari xarid qilmoqda. U boshqa davlatlar fuqarolari ham chegaralar ochilgach, oʻz mamlakatlariga qaytishdan umidvor ekanliklarini qayd etib oʻtdi.

"Meni nazarimda, 2020-yil ichki turizm yili boʻladi, shu bois joriy yilda MDH mamlakatlari, Rossiyaga yaqin yoki chegaradosh boʻlgan davlatlar bilan aviatashuvlarni tiklash haqida gapirishga hali erta", - dedi Romashkin Sputnik Oʻzbekiston bilan suhbatda.

Ekspert shuningdek, chiptalarga boʻlgan talab oʻtgan yilgi koʻrsatkichga qaraganda ikki baravar koʻpligiga eʼtibor qaratdi.

U bu vaziyatni paradoksal deb biladi, negaki koʻplab turistlar daromaddan mahrum boʻlgan va ishsiz qolgan.

Romashkinning fikricha, hozirda ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari mavjud, boshqa davlatlarga sayohat borasida esa bunday deb boʻlmaydi.

Asosiy mavzular