12:24 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Turizm
Havola olish
49310

Hukumatdagi manbalardan olingan maʼlumotlar asosida OAVda berilayotgan xabarlarga koʻra, tez kunlarda Vengriya, Maldiv orollari, Janubiy Koreya va BAAga parvozlarni amalga oshirish imkoniyati paydo boʻladi

TOSHKENT, 31 iyul – Sputnik. Onlayn-servis orqali soʻroqqa tutilgan turistlar, yaqin kunlarda qator davlatlar bilan avia-parvozlar qayta tiklanadigan boʻlsa, yoz oyiga doir rejalaringizni oʻzgartirishga tayyormisiz, degan savolga javob berdilar, deb xabar qilgan OneTwoTrip.

OAVda "hukumatdagi manbalarga tayangan holda" berilayotgan xabarlarga koʻra, tez kunlarda Vengriya, Maldiv orollari, Janubiy Koreya va BAAga parvozlarni amalga oshirish imkoniyati paydo boʻladi.

Kompaniya mutaxassislari 2200 nafar foydalanuvchilar orasida tadqiqot oʻtkazgan va ishtirokchilarning 79 foizi yuqorida sanab oʻtilgan davlatlarda boʻlishni istashlari maʼlum boʻlgan.

Shu bilan birga turistlarning deyarli teng yarmi (45 foizi), agar ushbu parvozlarga avgust oyi davomida ruxsat berilsa, u holda ular hordiq chiqarishga doir rejalarini oʻzgartirmasliklarini aytishgan.

Soʻrovda qatnashganlarning aksari (77 foizi) pandemiya vaqtida chet elga sayohat qilish istagi ularda oʻz jozibadorligini yoʻqotmaganini aytishgan. Shu bilan birga, sayohatchilarning 63 foizi chet davlatlarga kuzga qadar safarga borishni xohlamagan boʻlishlarini tan olganlar.

Turistlar fikricha, tez orada Tailandga safarni amalga oshirish imkoniyati paydo boʻladi. Soʻroqqa tutilganlarning chorak qismi shunday fikrda. Turistlarning har beshinchisi Gretsiya birinchi boʻlib oʻz chegarasini ochishini bildirgan.

Ovoz berishda ishtirok etganlarning 12 foizi Ispaniyaga safar qilish istagini bildirgan, Malta, Xorvatiya va Chernogoriya uchun turistlarning sakkiz foizi ovoz bergan. Shu yili sayohatchilar borishni istagan mamlakatlar orasida shuningdek, MDH davlatlari, Shri-Lanka, Kipr, Dominikana, Vyetnam, Meksika, Kuba, Marokash va Yaponiya sanab oʻtilgan.

Asosiy mavzular