13:52 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Turizm
Havola olish
276 0 0

Nayrobi aeroporti saytida karantin bekor qilinayotgan 126ta davlatdan iborat roʻyxat eʼlon qilingan. Oʻzbekiston roʻyxatda 124 oʻrinda joylashgan.

TOSHKENT, 7 avg – Sputnik. Keniya hukumati 5 avgustdan boshlab oʻzbekistonlik turistlarga oʻz hududiga majburiy karantinsiz kirishga ruxsat berdi. Bu haqda ATOR xabar bermoqda.

Nayrobi aeroporti saytida karantin bekor qilinayotgan 126ta davlatdan iborat roʻyxat eʼlon qilingan. Oʻzbekiston roʻyxatda 124 oʻrinda joylashgan.

Keniyaga boradigan turistlar koronavirus yoʻqligi qayd etilgan ingliz tilidagi maʼlumotnomaga ega boʻlishlari lozim. Bunday maʼlumotnoma parvozdan 96 soat oldin olinishi lozim.

Nayrobiga kirib kelgan sayyohlarning barchasini issigʻi oʻlchanadi, va COVID-19 belgilari aniqlanmaganida, ular oʻz taʼtillarini erkin davom ettirishlari mumkin boʻladi. Agar turistda test natijalari boʻlmasa, ortga qaytib ketish yoki oʻz hisobidan ikki haftalik karantinni oʻtish lozim.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda yangi turdagi koronavirus COVID-19 infektsiyasi aniqlangach, 2020 yil 16 martdan eʼtiboran dunyoning barcha mamlakatlari bilan avia- va avtomobil-qatnovlarini toʻxtatdi. 30 martdan boshlab Oʻzbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopilib, aviaqatnovlar butunlay toʻxtatildi.

Asosiy mavzular