18:11 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Turizm
Havola olish
128230

Kuni kecha, 16 avgust kuni, plyaj ixlosmandlari uchun Navoiy viloyatidagi Toʻdakoʻl suv ombori sohilida zamonaviy "Silk Road Family Resort" kurorti oʻz bagʻrini ochdi. Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov tashabbusi bilan OAV xodimlari uchun koʻlga press-tur tashkil etildi

... Yangi kurort ochilishi haqida eshitiboq, Toʻdakoʻl sari otlangan dam oluvchilarni ochilish marosimiga tashrif buyurgan sal kam 40 kishidan iborat jurnalistlar guruhi boshida biroz "shoshirib" qoʻygani rost. Sal oldin yangi plyaj va plyaj hududidagi basseynda miriqib choʻmilib, Oʻzbekistonning dunyoga mashhur koʻzni qamashtiruvchi quyoshi ostida boʻshashib, toblanib yotganlar, birdan sergak tortib, ustilariga sochiqlarini yopib, koʻrinishidan, choʻmilishga kelmagani ayon boʻlib turgan bu mikrofon va kamera koʻtargan odamlarni qiziqsinab tomosha qilishga oʻtishgandi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Toʻdakoʻl qirgʻogʻida yangi dam olish maskanining ochilishi

Hammasini boshidan boshlasak.

Toʻdakoʻl suv xavzasi - hozirgi, zamonaviy koʻrinishga kelgunga qadar, hatto ayrim bilimdonlar ham u borligi haqida eshitmagan, yoki bu yerga hordiq chiqarish mumkin, degan fikrdan yiroq bir maskan edi. Davlat rahbarining 19 iyundagi qarori bilan koʻl hududida turistik zonani tashkil etish nazarda tutildi.

Otkrыtiya novogo kurorta SILK ROAD FAMILY RESORT na poberejye Tudakulya
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Toʻdakoʻl qirgʻogʻida yangi dam olish maskanining ochilishi

Bu ishni shunchaki emas, balki qoyilmaqom qilib bajarish tashabbusi bilan buxorolik tadbirkorlar chiqqani uchun, bugun koʻpchilik plyaj Buxoroda joylashgan, deya adashmoqda. Ammo, Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklari rasmiylarining jurnalistlar oldida qilgan chiqishlaridan maʼlum boʻldiki, bir viloyatda joylashgan turistik zonaga ikkinchi viloyat biznes doirasining investitsiya kiritishi bahsli hudud degan tushunchani yuzaga keltirmaydi. Aksincha, turistik oqimning ortishi, qolaversa, mahalliy aholining ham chet elga emas, shundoq yonginasida turgan Frantsiyaning Marselidan hech kami boʻlmagan kurortda dam olishi ikkala viloyat byudjeti daromadini oshirishidan tashqari, ikkisiga ham tegishli boʻlgan ishsizlik masalasini bir muncha hal etishga yordam beradi.

Toʻdakoʻl qirgʻogʻida yangi dam olish maskanining ochilishi

Toʻdakoʻl kurorti 15 gektar maydonni egallagan va obʼyekt birinchi bosqichda - 500 nafar, ikkinchi bosqichda esa 1500 nafardan ortiq sayyohni qabul qilish imkoniyatiga ega. Bugunning oʻzidayoq 150 dan ziyod yangi ish oʻrinlari yaratilgan. Shu bilan, Toʻdakoʻl kimniki, degan, koʻpchilik uchun tushunarsiz boʻlgan savolga nuqta qoʻyildi.

Otkrыtiya novogo kurorta SILK ROAD FAMILY RESORT na poberejye Tudakulya
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Toʻdakoʻl qirgʻogʻida yangi dam olish maskanining ochilishi

...Havodan erkinlik nafasi ufurib turgan, toʻlqinlar allalaydigan, suvi iliq Toʻdakoʻlda boʻlishni istasangiz, hozircha qariyb 30 kilometr noravon yoʻlni bosib oʻtishingizga toʻgʻri keladi. Keyin koʻz oldingizda namoyon boʻladigan manzara tufayli bir oz  toliqtiradigan bu adir-budir yoʻllarni bir onda unutib yuborasiz. Kiraverishda issiqlik oʻlchaydigan sanitar xodimning tekshiruvidan oʻtib olsangiz boʻlgani, plyaj hududida ham koʻngildagidek hordiq chiqarib, doʻstlaringizdan kamida yuzlab "layklar"iga loyiq suratlarni olish mumkin.

Otkrыtiya novogo kurorta SILK ROAD FAMILY RESORT na poberejye Tudakulya
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Toʻdakoʻl qirgʻogʻida yangi dam olish maskanining ochilishi

...Hozircha sanoqli boʻlgan palma daraxtlari va 3 mingta yangi ekilgan koʻchatlarni aytmaganda (dekorativ daraxtlar soni obʼyekt qurilib bitkazilganda 7 mingtani tashkil etishi kutilmoqda) , sohil boʻyi deyarli soyasiz - qumliklar va lojuvard koʻldan iborat. Ammo istovchilar uchun soyabonlar ham bor. Chor atrofga Muslim Magomayevning "Sinyaya vechnost" umrboqiy taronasi yangramoqda. Beixtiyor, besh yillar oldinga nazar solasiz va loyiha toʻliq bitgach qanday koʻrinishga kelishini koʻz oldingizga keltirishga urinasiz.

Kichik "Disneylend", 50 kishilik otel, kema koʻrinishidagi restoran, spa-salon, tabiat qoʻynidagi gumbazsimon shakldagi uylar... Ushbu loyiha tashabbuskorlarning "omad chiptasi"ga aylanishiga va eng ommabom turistik yoʻnalishga aylanishiga, ishongingiz keladi.

Otkrыtiya novogo kurorta SILK ROAD FAMILY RESORT na poberejye Tudakulya
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Toʻdakoʻl qirgʻogʻida yangi dam olish maskanining ochilishi

Aytgancha, plyaj bugun barcha uchun bepul. Tez kunda odam boshiga 100 ming, 5 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bepul narx belgilanishi aytilmoqda.

Bu pulga istalgancha choʻmilishingiz, sohil boʻyida joy olgan yogʻoch lejaklardan foydalanishingiz mumkin.

Otkrыtiya novogo kurorta SILK ROAD FAMILY RESORT na poberejye Tudakulya
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Toʻdakoʻl qirgʻogʻida yangi dam olish maskanining ochilishi

Ha, sal vaqt oʻtib, odamlar kameralarga ham oʻrgandi, endi ularning hech birini nishonga olib turgan operator qoʻrqitmas, aksincha, dam oluvchilar oʻzini chirpirak boʻlib suvga otib, Magomayevga joʻr boʻlib, qoʻshiq aytib bugungi kundan, pandemiyadan keyin mahalliy hukumat tomonidan yaratilayotgan bu sharoitlardan quvonchdaligini namoyon etardilar.

Koʻrkam va bir qarashda hashamatli bu maskan 2022 yilda toʻliq qurib bitkaziladi.

Aytgancha, istiqbolda Oʻzbekistonning eng yaxshi plyaji nomiga hozirdanoq daʼvogarlik qilayotgan Toʻdakoʻlga Buxoro avtovokzalidan toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar qoʻyilishi ham kutilmoqda.

Asosiy mavzular