21:07 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Turizm
Havola olish
156910

Ayni paytda RF Buyuk Britaniya, Turkiya, Shveytsariya va Tanzaniya bilan parvozlarni qayta tikladi. Shuningdek Abxaziya bilan ham chegara ochildi.

TOSHKENT, 24 avg - Sputnik. Rossiya hukumati yaqin kelajakda boshqa bir qator davlatlar bilan parvozlarni qayta tiklash imkoniyatlarini oʻrganmoqda.

Gap rossiyalik sayyohlar orasida ommaviy boʻlgan Frantsiya, Vengriya, Malta, Kipr, Iordaniya, Misr (faqat Qohira) va Xitoyga (faqat Shanxay) reyslarning tiklanishi haqida ketmoqda.

Rosaviatsiya va Rospotrebnadzorga ushbu davlatlar bilan havo qatnovini tiklash yoʻllarini ishlab chiqish topshirildi. Ushbu masala boʻyicha yakuniy qaror ertaga, 25 avgustda qabul qilinishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz: Rossiya hukumati 27 martdan boshlab, COVID-19 pandemiyasi tufayli chet elga muntazam va charter reyslarini toʻxtatdi. Faqatgina olib ketish, yuk, pochta, sanitariya va boshqa maxsus reyslar amalga oshirildi.

Yozning oxirida Rossiya asta-sekin oʻz chegaralarini ochishni boshladi.

1 avgustdan boshlab RF Buyuk Britaniya, Turkiya va Tanzaniya bilan havo qatnovini tikladi. Abxaziya bilan chegarani oʻtishdagi cheklovlar ham olib tashlandi.

15 avgust kuni Shveytsariya bilan parvozlar tiklandi.

Bundan tashqari, rossiyaliklar uchun Qirgʻiziston va Chernogoriya hududiga kirish ochiq, yaqin orada esa Polsha ham mamlakat fuqarolariga kirishga ruxsat berishi mumkin.

Asosiy mavzular