Mehmonxonaga joylashgan har bir kishi "E-mehmon" tizimida ro‘yxatga olinadi - yangi tartib

© YouTubeGostinitsa "Afrosiab Palas"
Gostinitsa Afrosiab Palas - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan buyon mehmonxona va sanatoriylar mijozlar kelib joylashgan vaqtidan boshlab ularni onlayn ro‘yxatga kiritishi qat’iy talab qilinadi.

TOShKENT, 16 sen - Sputnik. Bundan buyon O‘zbekiston hududida mehmonxona yoki sanatoriya xizmatlaridan foydalangan barcha mijozlar "E-mehmon" tizimida ro‘yxatga olinishi shart. Bu haqida Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi xabar qilmoqda. 

Mehmonxona, sanatoriya, dam olish uylari va shunga kabi boshqa joylashtirish vositalari xizmatlaridan foydalangan barcha shaxslar, jumladan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ushbu muassasalar ma’muriyati tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar asosida "E-Mehmon" avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish orqali hisobga olinishi kerak, - deyilgan rasmiy xabarda.

Hisobga olish avvalgidek 12 soat mobaynida emas, balki ular kelib joylashgan vaqtda, ularning bu yerda bo‘lish muddati va kelishining davriyligidan qat’i nazar amalga oshiriladi.

Joylashtirish xizmatini ko‘rsatuvchi mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari va shu kabi boshqa tashkilotlar rahbarlaridan mazkur tartibga qat’iy rioya qilishlari so‘raladi.

Mazkur tartiblarning joriy qilinishi mahalliy va xorijiy sayyohlarning sog‘lig‘i va mulki xavfsizligini ta’minlash,  qonuniy manfaatlarini himoya qilish, kafolatgan xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlashga qaratilgan. 

 

Yangiliklar lentasi
0