21:49 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Turizm
Havola olish
193 0 0

Togʻ-changʻi kurorti majmuasini kengaytirishni nazarda tutuvchi loyihaning umumiy qiymati 75 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 19 sen - Sputnik. "Amirsoy" togʻ-changʻi kurortining 2-bosqichini amalga oshirishga doir Hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar qilmoqda Turizm davlat qoʻmitasi matbuot-xizmati.

"Amirsoy" togʻ-changʻi kurorti majmuasini kengaytirishni nazarda tutuvchi loyihaning umumiy qiymati 75 million yevroni tashkil etishi kutilmoqda.

Loyiha doirasida: 4 restoran; toʻrt va besh yulduzli mehmonxonalar, ofislar va savdo maydonaridan iborat 500 oʻringa moʻljallangan koʻp qavatli avtoturargoh; osma yoʻllar, togʻ-changʻi koʻtargichlar, shuningdek, 16.8 km uzunlikdagi togʻ-changʻi trassalari; basseynlar barpo etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, loyiha tashabbuskoriga qurilish-montaj ishlari va kelgusida loyihani ekspluatatsiya qilish jarayonida noyob tabiiy obʼyektlar va majmualarni, oʻsimliklar va hayvonlarning genetik fondini saqlash, shuningdek, faoliyatning atrof muhitga salbiy taʼsirining oldini olish va tabiatni muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya qilish boʻyicha masʼuliyat yuklatildi.

Asosiy mavzular