Eron O‘zbekiston tarixiy obyektlari restavratsiyasida ishtirok etadi

© Sputnik / Medvedev / Mediabankka o‘tishMinaret Kalyan i vid na Buxaru
Minaret Kalyan i vid na Buxaru - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Eron tomon O‘zbekiston bilan parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, madaniy va turistik aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.

TOShKENT, 9 okt - Sputnik. O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov Eron elchisi Hamid Nayerobodiy bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv doirasida turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirishga doir kelishuvga erishildi, deb xabar bermoqda Turizm davlat qo‘mitasi matbuot-xizmati.

Pavilon №66 Kultura (Uzbekskaya SSR) - Sputnik O‘zbekiston
VDNX bog‘idagi O‘zbekiston paviloni restavratsiya qilinmoqda

Tomonlar turizm sohasida COVID-19 pandemiyasi asoratlarini yumshatish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishdi, pandemiya bilan bog‘liq vaziyatni hisobga olgan holda, xalqaro turistik sayohatlarni tiklashga doir birinchi darajali chora-tadbirlar muhokama qilindi. 

O‘tkazilgan muzokaralarning yana bir muhim masalasi O‘zbekistondagi tarixiy-madaniy meros obyektlarini saqlash hamda ularni restavratsiya qilish bo‘yicha hamkorlikdagi loyihalar realizatsiyasi, shu yo‘nalishda tajriba almashish va mutaxassislarni tayyorlash bo‘ldi. Bundan tashqari, uchrashuv davomida nomoddiy madaniy meros obyektlarini targ‘ib qilish va ularni YuNESKO ro‘yxatiga kiritish masalalarini ishlab chiqishga to‘xtalib o‘tildi, bunda O‘zbekiston va Eron xalqlari tarixi, madaniyati, an’analari va urf-odatlari hamda oshxonasi mushtarakligi alohida qayd etildi.

Kartini v muzee im. Saviskogo v Nukuse - Sputnik O‘zbekiston
Saviskiy muzeyida zarar ko‘rgan san’at asarini restavratsiya qilish boshlandi

Hamid Nayerobodiy Eron hukumati O‘zbekistondagi islohotlarning yuqori sur’atlarda rivojlanayotganini katta qiziqish bilan kuzatayotganini ma’lum qilib, bunda prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatni ilgari surish va O‘zbekistonning bo‘lg‘usi “Uchinchi Renessansi”ni yaratish yo‘lida yuritayotgan siyosati roli juda katta ekanligini ta’kidladi.

Eron tomon O‘zbekiston bilan parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, madaniy va turistik aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston hamda Eron o‘rtasida madaniyat va san’at sohasida hamkorlik qilishga doir Hukumatlararo kelishuv va 2020-2023 yillarda turizm sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha Hukumatlararo dasturni imzolashga tayyorgarlik jarayonlarining tezlashtirishga oid kelishuvga erishishdi. Shuningdek, tomonlar restavratsiya ishlari tafsilotlarini belgilash hamda "yo‘l xaritasi"ni tuzish uchun eronlik ekspertlar delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil qilishga kelishib olishdi.

Samarqand - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda 15ta sayyohlik obyektlari restavratsiya qilinadi

Bundan tashqari, tibbiyot turizmini rivojlantirish maqsadida Eron tomonidan Samarqand viloyatida zamonaviy Salomatlik markazini yaratish rejalashtirilmoqda, bunda Eron mutaxassislari va texnologiyalari jalb etilishi kutilmoqda.

Mazkur salomatlik markazida murakkab tibbiy jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish imkoni yaratiladi.

2019 yilning 2-noyabrida Toshkent  shahrida ShHT davlatlarining hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston  Bosh vaziri Abdulla Aripov va Eron birinchi vitse-prezidenti Ishoq Jahongiriy o‘rtasida o‘tgan muzokaralarda tarixiy yodgorliklarni restavratsiya qilish va tiklashga oid kelishuvlarga erishilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0