11:13 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Turizm
Havola olish
18820

Xalqaro islom akademiyasi “Akademik turizm” va “Imams’ tour” maʼrifiy turlarni tashkil etishni taklif qilishdi.

TOSHKENT, 25 dek - Sputnik. Oʻzbekistonda musulmon davlatlari uchun “Al-Buxoriy” xalqaro sputnik telekanalini ochishni taklif qilindi, deb xabar qilmoqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi. 

Ushbu taklif Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Xalqaro Islom akademiyasi vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan uchrashuvda bildirildi. 

Aziz Abduhakimov “Al-Buxoriy” xalqaro sputnik telekanalini ochish va unda musulmon aholisi koʻp boʻlgan mamlakatlar tillarida Oʻzbekistonning ziyorat turizmi salohiyatini namoyish qilib, targʻibot kampaniyasini kuchaytirishni taklif etdi, - deyilgan xabarda.

Xalqaro islom akademiyasi vakillari esa, sohada mavjud imkoniyatlardan ziyorat turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanishni taklif qilishdi.

Xususan, akademiya binolari, konferentsiya zallari va talabalar turar joylaridan xorijiy talaba va tadqiqotchilar uchun “Akademik turizm” va MDH davlatlari imomlari uchun “Imams’ tour” maʼrifiy turlarni tashkil etishda samarali foydalanish taklif qilindi.

Shuningdek Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolar — Shayxontohur, Toʻlabek (Qaldirgʻochbek) hamda Yunusxon maqbaralarida sayyohlarni kirib-chiqish sharoitlarini yanada qulaylashtirish kabi takliflar bildirildi. 

Tadbir yakuniga koʻra, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda “Ipak yoʻli” xalqaro turizm universiteti oʻrtasida Anglashuv memorandumi 

Statistik maʼlumotlarda qayd etilishiga koʻra, 2018-2019 yillarda vizasiz rejim joriy etilgan Indoneziyadan tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimi - 170 %, Malayziyadan - 158 %, Turkiyadan – 154 %, BAAdan keluvchi musulmon sayyohlar soni 153 %ga oshgan. 

Undan tashqari “Jahon musulmon sayyohlari indeksi” (Global Muslim Travel Index) reytingida Oʻzbekiston 10 pogʻona (32-oʻrindan 22-oʻringa) yuqorilab, Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar orasida musulmon sayyohlarni jalb qilayotgan “eng jozibador” hamda “xavfsizlik va bagʻrikenglik darajasi yuqori” boʻlgan 10 mamlakat qatoridan oʻrin olgan.

Asosiy mavzular