TOSHKENT, 9 yanv - Sputnik. Oʻzbekistonga 2021 yilda 1 mln 700 ming nafar xorijiy sayyoh tashrifini taʼminlash boʻyicha reja qilingan, deya maʼlum qilgan AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov.
Abduhakimovning aytishicha, oʻtgan 2020 yilda mamlakatga 1 mln 504 ming turist kelgan va ularga 261 mln dollarlik xizmat koʻrsatilgan.
"Koronavirus pandemiyasi tufayli yuz bergan global inqiroz natijasida mamlakatimiz turizmi eng jiddiy zarar koʻrgan sohalardan biri boʻldi. 2020 yilda jami 1 mln 504 ming turist tashrif buyurdi. Bunda 261 million AQSH dollari miqdorida turizm xizmatini koʻrsatdik", - degan Aziz Abduhakimov.
Taʼkidlanishicha, 2021 yilda barcha ishlarni umumiy raqamlar orqali emas, aniq rejalar va reysma-reys yoʻnalish boʻyicha batafsil hisob-kitob asosida amalga oshiriladi. Xususan, ziyorat turizmiga koʻproq eʼtibor qaratiladi.
2021 yilda Oʻzbekistonga 1 mln 700 ming nafar xorijiy sayyoh tashrifini taʼminlash boʻyicha reja qilingan.