Samarqandda birinchi turistik bekat ish boshladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPervaya turisticheskaya stansiya v Samarkande
Pervaya turisticheskaya stansiya v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turizm bekatida nafaqat axborot olish balkim Samarqand va boshqa shaharlarga tashkillashtirilgan ekskursiyalarni xarid qilish mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 28 yanv - Sputnik. Samarqand shahridagi temiryo‘l vokzalida birinchi turizm bekati tashkil etildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. 
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPervaya turisticheskaya stansiya v Samarkande
Pervaya turisticheskaya stansiya v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Turistik bekatda axborot markazi tashkil etiladi va u yerda barcha ekskursiyalar narxi, vaqti, samolyot va poyezdlar jadvali haqida ma’lumotlar bo‘ladi.
Eng asosiysi, ushbu nuqtadan nafaqat Samarqand viloyatining barcha diqqatga sazovor joylariga, balkim boshqa shaharlarga ham sayyohatga chiqish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Tashkillashtirilgan mikroavtobuslar sayyohlarni O‘zbekistonning boshqa shaharlariga olib borib qo‘yishi yoki olib borib qaytib olib kelishi mumkin bo‘ladi. 
Bekatlarda turistik sinfga mansub avtobuslar, mikroavtobus va yengil avtomashinalar doimiy jalb etiladi hamda belgilangan grafik asosida harakatlanadi.
Keyingi bosqichda turim bekatlari Amir Temur maqbarasi va Ulug‘bek rasadxonasi hududida ham turizm bekatlari tashkil etish rejalashtirilgan.
Ushbu loyihani Respublikamizning barcha hududlarida ommalashtirib yaxlit bir tizim shakllantirish maqsad qilingan.
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPervaya turisticheskaya stansiya v Samarkande
Pervaya turisticheskaya stansiya v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
 
Yangiliklar lentasi
0