19:10 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Turizm
Havola olish
229 0 0

Taʼkidlanishicha, bu yigʻim ichki turizmni targʻib qilish va ragʻbatlantirish, turizm mavsumi past boʻlgan davrda joylashtirish vositalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

TOSHKENT, 10 fev — Sputnik. 2021 yil 1 martdan boshlab Oʻzbekiston fuqarolari va Oʻzbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan joylashtirish vositasida, ular yashagan har bir kun uchun turistik (mehmonxona) yigʻim undiriladi. Bu prezident imzolagan “Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonda koʻzda tutilgan.

Yigʻim miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Bunda yigʻimdan tushgan mablagʻlar ichki turizmni targʻib qilish va ragʻbatlantirish, turizm mavsumi past boʻlgan davrda joylashtirish vositalarining bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

Eslatib oʻtamiz, amaldagi tartibga koʻra, turistik (mehmonxona) yigʻimi 16 yoshgacha boʻlgan bolalardan tashqari, Oʻzbekistonda doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan xorijiy fuqarolar hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslardan undiriladi. 

Mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalaridan undiriladigan turistik (mehmonxona) yigʻimning tabaqalashtirilgan miqdorlari BHMning 2–15 foiz atrofida belgilangan.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, turizm

Asosiy mavzular