09:18 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Turizm
Havola olish
1117 0 0

2021 yil 1 martdan boshlab Tashqi ishlar vazirligining masʼul shaxslari ichki turizm oqimini tashkil qilish va xorijiy sayyohlarni jalb qilish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini taʼminlagan taqdirda, ularga Qoʻmita taklifiga muvofiq mukofot toʻlanadi

TOSHKENT, 10 fev - Sputnik. 2021 yil 1 martdan boshlab beshta davlat bilan vizasiz rejimni joriy etadi. Bu prezident tomonidan imzolangan "Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonda koʻzda tutilgan.

"Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 10 kunlik muddatga oʻz yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Bahrayn Qirolligi, Qatar Davlati, Quvayt Davlati, Ummon Sultonligi va Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong va Makao maxsus maʼmuriy hududlari fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilansin", - deyiladi hujjat matnida.

Shuningdek, Transport-logistika masalalarini tezkor koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiya quyidagi vakolatlar berilmoqda:

  • xorijiy va mahalliy aviakompaniyalarning turizm va investitsiya yoʻnalishlarida aviaparvozlarni tashkil etish hamda faoliyatini amalga oshirish chogʻida yuzaga keladigan nizolarni muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan tezkorlik bilan hal etish;
  • aviaparvozlarga ruxsat olish tizimini soddalashtirish, loukosterlarni jalb etish, parvozlar geografiyasini "bogʻlash" printsipi orqali kengaytirishga toʻsqinlik qiluvchi muammoli masalalarni tezkor koʻrib chiqish va ularni hal etish;
  • "Ochiq osmon" rejimi joriy etilgan barcha aeroportlarga yangi avia yoʻnalishlar ochish boʻyicha xorijiy kompaniyalarni jalb etish,
  • ularning loyihalarini oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi omillarni aniqlash, ularni bartaraf etish;
  • aeroportlarda quruqlikda xizmat koʻrsatish (ground handling) sohasini takomillashtirish, belgilangan narxlarni qayta koʻrib chiqish va maqbullashtirish orqali investitsiyalarni jalb qilish;
  • hududlararo yoʻnalishli avtotransport qatnovlarini kengaytirish, yangi qatnovlarni tashkil etish, shuningdek, ushbu sohadagi mavjud muammolarni tezkor hal qilish choralarini koʻrish;
  • temir yoʻl transporti, shu jumladan temir yoʻl vagonlari va konteynerlar orqali tashish tizimiga tadbirkorlik subʼyektlarini jalb qilish tartibini takomillashtirish, bu yoʻnalishdagi muammolarni tezkorlik bilan hal qilish.

Belgilanishicha, 2021 yil 1 martdan boshlab Tashqi ishlar vazirligining masʼul shaxslari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlari ichki turizm oqimini tashkil qilish va xorijiy sayyohlarni jalb qilish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarining bajarilishini taʼminlagan taqdirda, ularga Qoʻmita taklifiga muvofiq mukofot toʻlanadi, prognoz koʻrsatkichlari bajarilishi taʼminlanmagan taqdirda esa, belgilangan tartibda intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi.

Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda ichki turizm oqimini tashkil qilish va xorijiy sayyohlarni jalb qilishga oid 2021 yil boʻyicha asosiy prognoz koʻrsatkichlarini hamda ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni tasdiqlash yuklatilgan.

Har oy yakuni boʻyicha tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilishi belgilangan.

Asosiy mavzular