10:25 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Mavzular
Havola olish
89310

Atlantizm hozirda chuqur inqiroz girdobida. Bunday vaziyatda Yevroosiyo loyihasi qayta tiklanishi uchun barcha imkoniyatlarga ega.

TOSHKENT, 18 okt — Sputnik. Oʻzbekiston ushbu yil Turkiy tilli davlatlar hamkorligi kengashiga aʼzo boʻldi. Tashkilotning asosiy maqsadi – ushbu mamlakatlar oʻrtasida hartomonlama sheriklikni rivoj toptirish.

Oʻzbekiston Turkiy Kengashga nega aʼzo boʻldi?

“Turkiy mamlakatlar umumiy ildizlarga, til, madaniyat va tarixiy oʻtmishga ega. Bu esa gumanitar aloqalarni rivojlantirish uchun qoʻshimcha imkoniyat hamdir. Integratsiya alomatlarini allaqachon kuzatib turibmiz va bu jarayon muvaffaqiyatli kechayotganligini ham qayd etish kerak”, - dedi siyosatshunos Nazaket Mamedova Sputnik bilan suhbati davomida.

Uning soʻzlariga qaraganda, Gʻarbning oʻzida ham atlantizm chuqur inqirozni boshdan kechirayotgani tan olinmoqda.

Qolaversa, hech kimga sir emas, Yevropaning ichida ixtilof shakllanib boʻlgan va bunday vaziyatda Yevroosiyo loyihasi qayta tiklanishi uchun barcha sharoitlar mavjud, deya qoʻshimcha qildi Mamedova. Turkiy tilli mamlakatlar buning uchun zarur imkoniyatlarga, tarixiy negiz va barcha asoslarga ega. “Oʻylashimcha, Yevroosiyo ittifoqi doirasida birlashish Ozarbayjon va boshqa turkiy tilli mamlakatlar uchun hozirda eng maqbul variantdir”, - soʻziga yakun yasadi mutaxassis.

Glazyev: YEOII Oʻzbekistondan konkret tashabbuslarni kutib qoladi

Bir necha vaqt ilgari, Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov respublikaning Turkiy kengash aʼzolari bilan oʻzaro aloqasi tamoman mantiqiy va manfaatli strategiyaga asoslanishini qayd etgandi. U tarix, anʼanalar, madaniyat, til kabilardagi umumiylik hamda savdo-iqtisodiy va transport hamda taʼlim sohalarida yanada samarali hamkorlikni oʻz ichiga olgan pragmatik manfaatning mavjudligini bunday birdamlikka asoslar qatorida keltirib oʻtgan edi.

Nazaket Mamedova: yevraziystvo – boleye priyemlemыy variant dlya tyurkoyazыchnыx stran

Asosiy mavzular