11:08 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Mavzular
Havola olish
160 0 0

MDH aʼzo-davlatlari kosmosni zabt etishda qoʻshma loyihalarni qura oladimi? Bu va boshqa istiqbolli yoʻnalishlar toʻgʻrisida N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti “Raketa-kosmik kompozit konstruktsiyalar” kafedrasi professori Valeriy Timoshenko soʻzlab berdi.

TOSHKENT, 21 okt - Sputnik. Ekspert soʻzlariga qaraganda, MDH mamlakatlarining kosmos fazoni oʻrganishda hamkorlikda faoliyat yuritishlari uchun barcha zarur sharoitlar mavjud. 

U Oʻzbekistonda Markaziy Osiyoda yagona eksperimental markaz - “Fizika-quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi oʻz davrida kosmik apparatlarning sinovlari uchun optik tizimlarini ishlab chiqarganligini eslatib oʻtdi.

“MDH aʼzo-davlatlari hamkorlikda kosmik apparatlar uchun komponentlar, aloqa sputniklari, zond bilan tekshirish tizimlari va hatto planetalararo kosmik kemalarning ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyishi mumkin”, - deya taxmin qildi ekspert.

Mintaqadagi boshqa davlatlar salohiyatiga toʻxtalar ekan, V.Timoshenko shu jumladan, Tojikistondagi shu kunga qadar ishlab kelayotgan baland togʻlarda joylashgan observatoriyani ham eslab oʻtdi. Bu yerda kosmik obʼyektlarning harakatlanishi kuzatiladi.

Belarusda elektronika, Armanistonda esa oʻz davrida “Buran” kosmik kemasi komponentlarining biri - qiyin eriydigan oyna ishlab chiqilishi yoʻlga qoʻyilganligini ham yodga oldi.

Hozirgi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi hududidagi barcha mamlakatlar zamonida Sobiq ittifoq kosmosini oʻrganishda oʻz hissalarini qoʻshgan.

Texnika fanlari doktori Timoshenko, shu oʻrinda, bularning barchasini qaytadan tiklash mumkinligini inkor etmadi. Uning soʻzlariga qaraganda, MDHning barcha yaʼzolari ushbu sohani qaytadan rivojlantirishi uchun yetarli darajada taraqqiy topgan.

Timoshenko rasskazal o perspektivax sozdaniya sovmestnыx kosmicheskix proyektov SNG

Asosiy mavzular