14:35 20 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Devushka spit. Illyustrativnoye foto

Ishdagi uyquchanlik va kamharakatlilikka qarshi kurashish kerakmi?

CC0 / pixabay
Mavzular
Havola olish
43010

Belgilangan vaqtdan ortiqcha oʻtirib ishlash, tushlikdan keyingi uxlash istagi kabilar bilan kurashish kerakmi?

TOSHKENT, 21 okt - Sputnik. Ish faoliyati kishilarning turmush tarzi, kayfiyati va sogʻligʻiga taʼsir koʻrsatadi. Masalan, uzoq soatlab oʻtirib ishlash gipodinamiya, yaʼni kamharakatlilikka olib kelib, moddalalar almashinuvi bilan bogʻliq kasalliklarini vujudga keltiradi. Muntazam ravishda belgilangan vaqtidan ortiqcha ishlash esa yurak-tomir kasalliklarini keltirib chiqarish xavfini yanada oshiradi.

Rossiyada olib borilgan tadqiqotlarga koʻra, har ikkinchi ishchi xodim kuni boʻyi oʻtirgan holatda vaqt oʻtkazadi. Rossiyalikning oʻrtacha ish haftasi 49 soatga teng.

Shunday boʻlsa-da, soʻrovda ishtirok etganlarning 79%i u yo bu darajada oʻz ishidan qanoatlanganligini maʼlum qilgan.

Rossiyaliklar ularning kayfiyati, umumiy holatiga ijobiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan sharoitlarni sanab oʻtdi. Soʻrovda qatnashganlarning –

19%i ishlayotgan tashkilotlari tomonidan dispanserizatsiyadan oʻtishga imkoniyat yaratilishi;

14%i jismoniy mashq bajarish;

12%i ish vaqtida tanaffus qilish, ishdan bir oz chalgʻish kabilarni qayd etgan.

Bu orada Kaliforniya universiteti (AQSH) tadqiqotlariga koʻra, barchaga maʼlum va mashhur tushlikdan keyingi mizgʻib olish istagini qondirish kishining mehnat layoqatini oshirib, qolgan kun davomida uyquchanligini oldini olishga koʻmaklashadi. Yangi oʻtkazilgan tadqiqot (besh yil davomida olib borilgan), kunduzgi uyquning inson sogʻligʻiga ijobiy taʼsir koʻrsatishini tasdiqladi.

Sekin yurishning kutilmagan xavfli tarafi aniqlandi

Tushlikdan keyin vaqti-vaqti bilan dam olganlarda uygʻoq turganlarga nisbatan yurak-tomir kasalliklari 48% ga kamayganligi aniqlandi. Bunda tungi uyquning ham toʻlaqonli boʻlishi muhim ekanligi aytib oʻtiladi.

Asosiy mavzular