11:15 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Mavzular
Havola olish
213 0 0

Belarus tabiiy resurslar va atrof-muhitni muhofazalash vaziri Andrey Xudыk Nukusdagi forumda soʻzga chiqar ekan, Orol fojeasi oqibatlarini yengishda Oʻzbekiston bilan hamkorlik qilish yoʻllari xususida toʻxtaldi.

Forum qatnashchisi Belarus vazirining qayd etishicha, qurib ketayotgan orol ahvoli unga nihoyatda kuchli taʼsir koʻrsatibgina qolmay, ikki xil kayfiyatni ham his ettirdi.

“Bir tomondan ekologik ofat miqiyosi kishini ham hayratda qoldiradi va hamda unga qoʻrqinch hissini ulashmay qolmaydi. Boshqa tomondan esa umid hissi bor. Zero, bu mavzuda Oʻzbekiston rahbariyatining siyosiy irodasi yaqqol namoyon boʻlib turibdi. Yaʼni davlat rahbari mazkur fojia oqibatlarini yumshatish va mintaqada toʻlaqonli hayotni qayta tiklash yoʻlida barcha narsaga tayyor ekanligi shundoq koʻrinib turibdi”, - deydi Xudыk Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan intervyusida.

Suhbatdosh aytishicha, bu muammo Belarus uchun nihoyatda yaqin, chunki oʻz tarixi davomida respublika ogʻir ekologik fojialarga duch kelgan. Mamlakat bu borada boy tajribaga va boshqalar bilan baham koʻra oladigan ilmiy ishlanmalarga ega ekanligi ham taʼkidlab oʻtildi.

“Bizning suv havzalarimiz koʻp, shunday boʻlsa-da, yer osti suvlari sathi tushganini qayd etyapmiz. Bu kabi muammolarning sabablarini bilamiz, albatta, va hozirda ularga qarshi muvaffaqiyatli kurashyapmiz ham. Ushbu maʼnoda, oʻzbek hamkasblarimizga ishlanmalarimizni taqdim etishga tayyormiz”, - deya yakun yasadi Belarus vaziri.

Orol boʻyi muammolariga bagʻishlangan konferentsiyada Oʻzbekiston, Belarus va Qozogʻistondan yetakchi mutaxassis-ekspertlar hamda BMT va YEI vakillari ishtirok etdi.

Belarus pomojet Uzbekistanu v likvidatsii posledstviy vыsыxaniya Arala — ministr

Asosiy mavzular