18:20 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Taktiko-spetsialnыe ucheniya v Sыrdarye

Oʻzbekistonda mintaqa sharoitida maxsus operatsiyalarni amalga oshirish tajribadan oʻtkazildi

© IIV
Mavzular
Havola olish
293 0 0

Ommaviy tartibsizliklarni oldini olish va jamoat tartibini saqlash yuzasidan maxsus taktik oʻquv mashgʻulotlari kuni-kecha Sirdaryo viloyatida boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 8 noyab - Sputnik. Kuni-kecha Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida viloyat ichki ishlar boshqarmasining maxsus jangovar boʻlinmalari, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi xodimlari hamkorligida qoʻmondonlik-shtab va maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi. Bu haqda respublika Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.

Maxsus-taktik mashgʻulot
Maxsus taktik oʻquv mashgʻulotlari. Sirdaryo viloyati. 2019

Unda asosan “Ommaviy tartibsizliklarni oldini olish va jamoat tartibini saqlash” hamda “Portlash xavfi boʻlgan predmetlarni zararsizlantirish” vaziflariga urgʻu berildi.

Oʻzbekistonda Xitoy raketasi muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazildi

Mashgʻulot davomida ichki ishlar boshqaruv organlari va shaxsiy tarkibining oʻzaro hamkorligini tashkil qilish, toʻplangan tajribalarni mustahkamlash, maxsus tezkor rejalarda nazarda tutilgan vazifalarni bajarish, mintaqa sharoitida maxsus operatsiyalar oʻtkazish tajribasini oshirish, bunday operatsiyalar oʻtkazish boʻyicha asosiy bilimlarini takomillashtirish, rahbarlarni murakkab sharoitlarda zudlik bilan toʻgʻri qaror qabul qilish koʻnikmalarini xosil qilish ustida ish olib borildi.

Asosiy mavzular