18:38 19 Iyul 2018
Efir
  • RUB124.54
  • EUR9100.06
  • USD7787.81
Mavzu
Jamiyat

"Oʻzbekiston 2035" forumi

28-29-iyun kunlari Toshkent shahridagi Inxa universitetida "Oʻzbekiston 2035" forumi boʻlib oʻtadi.

"Buyuk Kelajak" XNNT hamda "Taraqqiyot strategiyasi" markazi tomonidan tashkil etilayotgan forumda Oʻzbekistonni rivojlantirishning 2035-yilgacha boʻlgan uzoq muddatli strategiyasi kontseptsiyasini muhokama qilinadi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident devoni, vazirliklar va idoralar, ilmiy markazlar, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Forumda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni vakili Mavlyanov, "Buyuk Kelajak" ekspertlar kengashi Raisi — Alisher Kalonov, "Buyuk Kelajak" Taʼsis kengashi aʼzosi Sobir Shodiyev hamda BMTning Oʻzbekistondagi Doimiy koordinatori Xelena Freyzer oʻz nutqlari bilan ishtirok etadilar.