05:23 23 Sentyabr 2018
Efir
  • RUB118.05
  • EUR9347.75
  • USD8039.00
Mavzu
Siyosat

Belarus prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi

Belarus prezidenti 12-14 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻladi.

Uchrashuv va muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikka doir keng koʻlamli masalalarni muhokama qilish, siyosiy muloqotni, savdo-iqtisodiy, investitsiya, fan va taʼlim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlarini belgilab olish rejalashtirilgan.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti, Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi koʻp qirrali doʻstona aloqalarga yangi surʼat baxsh etishga qaratilgan salmoqli davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar va boshqa hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.