Ushbu yilning 30 yanvarida Oʻzbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimov tavalludining 79 yilligi keng nishonlanadi. Ushbu kun Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida Islom Karimov xotirasiga bagʻishlangan tadbirlar boʻlib oʻtadi. Xususan, Samarqandda Islom Karimov muzeyi ochilishi, Islom Karimov nomli jamoat fondi ishga tushishi rejalashtirilgan. Undan tashqari Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Toshkent xalqaro aeroportiga va Universitetga Islom Karimov nomi beriladi.
Islom Karimov yubileyi butun Oʻzbekiston boʻylab keng nishonlanadi: Karimov xotirasiga atab bunyod etilgan maqbara majmuasini ochish, buyuk siyosatchi hayoti va faoliyati haqida hujjatli film yaratish va kitob nashr qilish rejalashtirilgan
30-yanvar kuni - Tatyana Karimova va Lola Karimova-Tillayeva Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti xotirasiga hurmat bajo keltirib, qabriga gul qoʻydilar
Islom Karimov tavalludining 79 yilligi munosabati bilan “Mening Yurtim” telekanalida Islom Karimovga bagʻishlangan hujjatli film namoyish etildi.
Bugun Toshkentda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda ehson berildi
Bugun Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov tavallud topgan kun
30 yanvar kuni soat 19.00da my5 kanalida Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov haqida hujjatli film namoyish etiladi
Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov hayot boʻlganlarida shu yil 79 yoshni qarshi olgan boʻlar edilar. Islom Karimov xotirasiga ehtirom bajo keltirgan holda Sputnik Oʻzbekiston nashri oʻz arxividagi eng yorqin suratlarni eʼtiboringizga havola qiladi
Samarqand viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti Islom Karimovning hayoti, faoliyati va boy merosini targʻib qiluvchi targʻibot guruhlari ish boshladi
Bundan tashqari, Oʻzbekistondagi bir nechta obʼyektlarga Islom Karimov nomini berish haqida Shavkat Mirziyoyev qarori eʼlon qilindi
Badiiy asar asosida 1999 yilning fevral oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan voqealar yotadi. Oʻshanda vahobiy-terrorchilar Oʻzbekiston prezidenti, hukumatiga va huquqni saqlash organlariga qarshi tajovuz qilishgan edi.
Nizomda bildirilishicha, mazkur ijodiy tanlov bir bosqichda Toshkent shahrida oʻtkaziladi
Taʼlim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda ushbu sana munosabati bilan turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar, xotira kechalari oʻtkazilayotgani taʼkidlangan
Islom Karimov nomli xayriya jamoat fondi Yevropa va AQSH OTMlarida magistr darajasida taʼlim olish uchun birinchi tanlovni eʼlon qildi.
Har yili tuziladigan mazkur roʻyxatdan dunyoning yorqin iz qoldirgan siyosiy va jamoat arboblari, nodavlat tashkilotlar vakillari oʻrin oladi
Tanlov yakuniga koʻra Oʻzbekiston badiiy akademiyasi koʻrgazmalar zalida barcha taklif etilgan yodgorlik namunalari koʻrgazmasi oʻtkaziladi
Lola Karimova Feysbuk ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumanida joylashgan ikkita maktab rekonstruktsiyasi "Sen yolgʻiz emassan" xayriya fondi tomonidan amalga oshirilgani, biroq u bu xayrli ishni Islom Karimov fondining ilk ishi sifatida taqdim etmoqchiligi haqida xabar qilgan
"Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi Xalqaro tanlovning xorijiy qatnashchilarini va unga aloqador yuklarni toʻlovlarning barcha turlaridan ozod qilishi taʼkidlanmoqda
24 avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, adabiyot, madaniyat, sanʼat, maʼnaviyat va maʼrifat, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning farmoni imzolangan edi
Mirziyoyev shaharni rivojlantirish boʻyicha besh yillik dastur ishlab chiqilganini, unda asosiy eʼtibor yangi ish oʻrinlari yaratish hamda transport, uy-joy va biznes infrastrukturasini rivojlantirishga qaratilishini maʼlum qildi
Ushbu xotira kitobida barcha oʻzbekistonliklarning ijod namunalari chop etilishi mumkin