15:13 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Mavzu
Iqtisod

Samarqandda Valday klubining X Osiyo anjumani

Samarqandda 10-11 noyabr kuni Valday klubining “Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizlik qarshisidagi koʻpqirrali hamkorlik” mavzusiga bagʻishlangan oʻninchi Osiyo anjumani boʻlib oʻtmoqda.

Tadbir uchun Oʻzbekistonning birinchi prezidenti – marhum Islom Karimovning Samarqanddagi qarorgohi ajratilgan.

Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda 11 ta – Rossiya, Oʻzbekiston, Germaniya, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Tojikiston, Filippin, Shvetsiya, Yaponiya kabi davlatlardan 60 dan ortiq yetakchi ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Anjumanda asosiy eʼtibor – Katta Yevroosiyoning logistika, madaniy va iqtisodiy aloqa vositalariga qaratiladi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqadagi (Rossiya, Xitoy, Hindiston) va nomintaqaviy (AQSH, Yevropa Ittifoqi) asosiy oʻyinchilar bilan hamkorlik qiladi va bu faktlarning oʻzi geosiyosiy jihatdan tabiiyki, eʼtiborga molikdir.