20:49 19 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Mavzu
Siyosat

Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga ilk rasmiy tashrifi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 17-20 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Yaponiyada boʻladi. Tashrif davomida davlat rahbari Yaponiya imperatori Naruxito bilan uchrashadi, mamlakat Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe, Parlamentning Maslahatchilar palatasi prezidenti Akiko Santo, Parlamentning Vakillar palatasi spikeri Tadamori Osima, bosh vazir oʻrinbosari, moliya vaziri Taro Aso bilan muzokaralar olib boradi. Tomonlar Oʻzbekiston-Yaponiya munosabatlarini, shu jumladan, istiqbolda rivojlantirishning uzoq muddatli ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qiladilar, xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashadilar.