06:45 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Mavzu
Iqtisod

Oʻzbekistonda atom elektrostantsiyasi qurilishi

Oʻzbekistonda birinchi atom elektrostantsiyasi Navoiy viloyatida quriladi.

Oʻzbekistonda tinch maqsadlarda foydalanish uchun atom energetikasini barpo etishga kirishildi.

Rossiyaning "Rosatom" davlat korporatsiyasi hamkorlikda atom elektr stantsiyasini qurish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Mazkur kompleks 2 ta energoblokdan iborat, har birining quvvati 1 ming 200 megavatt boʻladi. Atom elektr stantsiyasi uchun dunyodagi eng xavfsiz va zamonaviy egergoblok tanlab olingan.

Stantsiyani 2028 yilgacha ishga tushirish rejalashtirilgan.

Atom elektr stantsiyasi barpo etilishi natijasida yiliga 3,7 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. Bu manba qayta ishlanib, yuqori qoʻshilgan qiymatli neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqariladi.