Tog‘li Qorabog‘ - jang maydonidan videolavha

Obuna bo‘lish
Armaniston rasmiylari xabariga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan janglar oqibatida respublika 18 askar yo‘qotgan. Ozarbayjon esa 12 nafar askar, 1 vertolot va bir tank yo‘qotgan. Undan tashqari tanch aholi orasida ham bir necha qurbonlar bor.

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Bugun Tog‘li Qorabog‘ respublikasi uchuvchisiz apparat yordamida suratga olinga videolavhalarni namoyish etdi. U yerda Ozarbayjon tomonidan qurbon bo‘lgan askarlar va yo‘q qilingan texnika aks ettirilgan.

Armaniston rasmiylari xabariga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan janglar oqibatida respublika 18 askar yo‘qotgan. Ozarbayjon esa 12 nafar askar, 1 vertolot va bir tank yo‘qotgan. Undan tashqari tanch aholi orasida ham bir necha qurbonlar bor. Ozarbayjon, avval ushbu yo‘qotishlarni umuman tan olmagan edi, lekin keyinchalik, internetda Ozarbayjan belgilari bo‘lgan portlatilgan vertolet rasvirlari namoyish etilgach — tan oldi. 

Eslatib o‘tamiz, Tog‘li Qorabog‘ uchun qaqshatqich tortishuv boshlanganiga 30-yildan ko‘p bo‘ldi. Sobiq SSSR davridan asosan armanilar yashaydigan Tog‘li Qorabog‘ Ozarbayjon ma’muriyati ostidan chiqishga qat’iy qaror qildi. Ozarbayjon esa bunga qarshi bo‘lib bir necha yil davom etgan urush boshlangan edi.

1994 yilda imzolangan Beshkek protokliga ko‘ra tomonlar o‘zaro murosaga kelishgandek edi, lekin bir necha yil davom etgan tinchlikdan keyin, tan olinmagan Tog‘li Qorbog‘ respublikasida jangavor harakatlar yana boshlandi. 2016-yilning 2-aprelida respublika hududida bir necha o‘nlab kishining umriga zomin bo‘lgan janglar bo‘lib o‘tdi. Ozarbayjon bilan Armaniston aybni bir-biriga to‘nkamoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ikkala mamlakat rahbarlaridan mojaroni darhol bas qilishni talab qilmoqda. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va tashqi Ishlar vaziri Sergey Lavrov Armaniston va Ozarbayjondagi hamkasabalari bilan muloqotda bo‘lib, ularni jangovor  harakatlarni bas qilishga undamoqda.

Yangiliklar lentasi
0