Sharq liboslari kattalar va kichiklar uchun

Obuna bo‘lish
XII Xalqaro paxta va to‘qimachilik yaramarkasi doirasida Toshkentda O‘zbekistonlik dizayner va ishlab chiqaruvchilarning modalar namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Dizayn-markazi vakili Gulmira To‘raxonovaning so‘zlariga qaraganda, dunyoda moda sanoati iqtisodning alohida sohasiga aylangan. U nafaqat ishlab chiqarish, balkim tovarlar sotishni ham o‘z ichiga olgan. O‘zbekistonda ham iqtisodning ushbu sektoriga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“Bizning markaz o‘zbek modasini jamiyat mulkiga aylantirishi kerak. 2011-yildan buyon “O‘zbekengilsanoat” tarkibida  ishlab turib, milliy urf-odatlarini aks ettirgan, o‘zbek mato va naqshlari bilan bezatilgan kundalik kiyimlarning yangi modellari yaratishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirmoqdamiz. O‘zbekiston milliy kiyimlar, alohida dizayn va ranglarga ega bo‘lgan qo‘l va texnika yordamida yatatilayotgan matolarga boy mamlakat. Shuning uchun ham bizning mamlakat bilan hamkorlik qilish liboslarning unutilmas va qaytarilmas kolleksiyalari yaratishda katta imkoniyatlar ochib beradi. Biz biz bugun ishlayotgan chet ellik hamkorlarimiz fikri”, — dedi Gulmira Turaxanova Sputnik muxbiriga.

Defileda Kamola Muradova, Sevara Rizamuxamedova, Zuxra Abdusattarova, Nigora Mirdavidova, Saodat Muradxodjayeva, Zulfiya Rasulova, Ozoda Isxakova, Nigora Xashimova, Timur Toshkenbayev, Gulchexra Yunusova, Guzal Asadxodjayeva, Kamola Rustamova kabi o‘zbek dizayner va modelyerlarining eng yaxshi liboslari namoyish etildi.

Ko‘rgazmada "O‘zbekengilsanoat" tarkibiga kiruvchi Kontex, Istiqlol Textile Design, Barchinoy, Bofanda, Sedat Triko, Chustteks, Fashion Star Textile  kabi korxonalarning to‘qimachilik mahsulotlari namoyish qilindi.

Yangiliklar lentasi
0