Assanjning mushugi tergov munosabati bilan galstuk taqdi

Obuna bo‘lish
WikiLeaks tashkilotchisi Julian Assanjning mushugi o‘z egasini so‘roq qilish vaqtida elchixona derazasi ortida galstuk taqqan holda paydo bo‘ldi.

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Julian Assanjning mushugi, qizil va oq yo‘lakli galstuk taqqan holda jurnalistlar oldida paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Julian Assanj tashkil qilgan Wikileaks sahifalarida AQSh va Yevropa Mamlakatlarining  Iroq va Liviyada amalga oshirgan noqonuniy faoliyati, tinch aholini o‘limiga olib kelgan harbiy zarbalar haqida maxfiy ma’lumotlar doimiy ravishda paydo bo‘lib turadi.  

Shvetsiya huquqni saqlash organlari bir necha yil oldin Assanj ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Assanjning o‘zi ushbu ayblov yolg‘on, bu ish faqat uni qamoqqa olish uchun qilinganligini aytib, bir necha yildan beri Londondagi Ekvador elchixonasida, sosiy boshpana berilgan shaxs sifatida yashab kelmoqda.

Bugun Julian Assanjni Shvetsiyalik prokuror Ingrid Isgren huzurida Ekvadorlik prokuror ushbu ayblov bo‘yicha tergov qilgan.

Julian Assanjning mushugi esa, ushbu tergov munosabati bilan qizil va oq yo‘lakli galstuk taqqan holda elchixona derezasi oldida paydo bo‘ldi. Yangilik kutib turgan jurnalistlar darhol uning suratlarini ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishdi.

Darvoqe, bir necha yildan beri Ekvador elchixonasini tark eta olmayotgan Assanj ushbu yilning may oyida ushbu mushukni asrab olgan edi.

Yangiliklar lentasi
0