Putin 26-dekabrni motam kuni deb e’lon qildi

Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Qora dengiz fojeasida qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, voqea jiddiy tekshirilishini va’da berdi.

TOShKENT, 25 dek – Sputnik. Rossiya prezidenti Qora dengiz fojeasida qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, voqea jiddiy tekshirilishini va’da berdi.

«Avvalombor Qora dengiz fojeasi qurbonlari yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman. Fojea sabalari sinchiklab o‘rganib chiqiladi va jabrlanganlar oilalarini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Ertaga umumxalq motam kuni deb e’lon qilinadi”, — dedi Rossiya prezidenti jurnalistlarga.

25 dekabr Sochi aeroportidan Suriya tomon yo‘l olgan Tu-154 samolyoti Qora dengiz ustida halokatga uchradi. Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, samolyotda bo‘lgan 92 kishining barchasi qurbon bo‘lgan. Ulardan 64 kishi Aleksandrov nomli harbiy ansambl artistlari, to‘qqiz nafar telejurnalistlar, mashhur ko‘ngilli vrach Yelizaveta Glinka (Doktor Liza), ikki nafar davlat xizmatchilari va sakkiz ekipaj a’zolari bo‘lishgan.

Yangiliklar lentasi
0