Vladimir Putin: Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar

Obuna bo‘lish
Kremlda Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi uchun rasmiy kechki ovqat marosimi bo‘lib o‘tdi.

Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralar va shartnomalar imzolash marosimidan keyin, Rossiya prezidenti O‘zbekiston rahbari uchun  Kreml zallari bo‘ylab kichik ekskursiya o‘tkazdi. Undan keyin ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari tantanali kechki ovqat uchun to‘planishdi.

— Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar, deb o‘zbek maqolini keltirdi mehmonlar oldida so‘zga chiqqan Rossiya prezidenti Vladimir Putin, va — Biz birlashsak, hamma ish qo‘limizdan keladi, deb qo‘shimcha qildi. 

O‘z navbatida so‘zga chiqqan Shavkat Mirziyoyev, Rossiya O‘zbekistonning hayot sinovidan o‘tgan, ishonchli strategik hamkori ekanligini ta’kidladi.

Prezidentlar bir-birlarining sog‘liqlari uchun qadah ko‘tarishdi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya rahbariga O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rsatilgan samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib,  Vladimir Putinni O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelishga taklif qildi.  

Yangiliklar lentasi
0