Toshkentda xalqaro dog-show bo‘lib o‘tdi

Obuna bo‘lish
Toshkentda zotli itlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Itlarning eng antiqalariga maxsus sovrinlar topshirildi.

Toshkentdagi Alisher Navoiy bog‘ida Xalqaro itlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazma doirasida bir necha tanlovlar tashkil qilindi. Ular orasida “Bola va kuchuk”, “Bolalar chizgan rasm”, “Boshqalarga o‘xshamagan juftlik”, “Liboslar tanlovi” va “Baxtli nomer” nomli tanlovlar o‘tkazildi.

Ko‘rgazmada kattadan kichik o‘nlab itlar ishtirok etdi. Ushbu ko‘rgazma nafaqat tanlovlar balkim it egalarining dam olish va muloqot qilish maydonchasiga aylandi. U yerda ayniqsa bolalar maza qilishdi. Ular ham tanlovlarda ishtirok etishda ham turli zotli itlar bilan  tanishib, ular bilay uynashga muvaffaq bo‘lishdi.

Liboslar tanlovi ko‘rgazmaning eng yorqin sahifalaridan biri bo‘ldi. Xalqaro Toshkent itlar ko‘rgazmasida olingan videolavhamizni tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0