Melanya Tramp Donaldga hurmatsizlik qildimi?

Obuna bo‘lish
Donald va Melanya Tramp Saudiya Arabistonidan keyin Isroilga tashrif buyurishdi. Buning uchun maxsus havo koridori ochishga to‘g‘ri keldi, chunki Saudiya Arabistoninining Isroil bilan aloqasi yo‘q.

Tel-Aviv aeroportida prezident oilasi kutib olishga chiqqan yuzlab jurnalistlar va telekameralar "oilaviy sahnaning" guvohi bo‘lishdi. Qizil yo‘lakdan ketayotgan Donald Tramp rafiqasining qo‘lini tutmoqchi bo‘lganda, Melanya uning qo‘lini siltab tashladi.

Melanya Donalddan biroz xafa bo‘lganmidi yoki u rasmiy marosimda his-tuyg‘ularini namoyish qilishni istamadimi — bunisi noma’lum.

Aytish joizki, Tel-Aviv aeroportida Trampni butun Isroil hukumati kutib oldi. Isroil prezidenti Reuven Rivlen, Bosh vazir Binyamina Netanyaxu va Vazirlar mahkmasining barcha a’zolari aeroportga chiqishdi.

Yangiliklar lentasi
0