18:29 21 Aprel 2018
Efir
Video

Sputnik bosh muharriri: bizni yolgʻonchilikda ayblaganlar sudda javob beradi

Havola olish
113941
© Ruptly .

Sputnik axborot agentligi va Russia Today telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan Frantsiya prezidenti tomonidan qoʻyilgan ayblovlarni inkor qildi.

TOSHKENT, 30 may — Sputnik. Sputnik Bosh muharriri Margarita Simonyan Frantsiya yangi saylangan prezidenti Emmanuel Makronning ayblovarini puchga chiqardi.

“Russia Todayda birorta ham yolgʻon xabar boʻlmagan. Bunga hech qanday dalil yoʻq.  Biz axborotga juda ehtiyotkorona munosabatda boʻlamiz, chunki buning uchun bizni qoʻlimizdan, oyogʻimizdan tutishlarini bilamiz”,- dedi Simonyan. 

"Agar Makronga quloq soladigan boʻlsak, Rossiyadan barcha Gʻarb jurnalistlarini quvib chiqarish kerak, chunki ular har doim Putinga qarshi boʻlib, muxolifat foydasiga tashviqot qilishadi. Shunday yoʻl bilan ular bizning saylov jarayonimizga aralashmoqchi boʻlishadi.

Biz esa, Makronning yonini ham olganimiz yoʻq, unga qarshi ham boʻlganimiz yoʻq. Boshqa Frantsiya nashrlari, hatto tinchlik kunida ham “Oʻtinamiz, Makron uchun ovoz beringlar”  degan sarlavhalarda maqolalar chiqqan vaqtda biz – betaraflikni saqlab qolishga harakat qildik. Ana shuning uchun bizni “propaganda” qilishda ayblashdi.

Bizni teleekrandan turib butun mamlakat oldida “yolgʻon tashviqotchilar”degan ayrim odamlar oʻz soʻzlari uchun sud oldida javob beradi, chunki biz hech qachon yolgʻon maʼlumot tarqatmaganmiz. Buning isboti yoʻq va boʻlishi ham mumkin emas”, – dedi Margarita Simonyan.  

Yana video

Asosiy mavzular