Quchoqlashib ko‘rishishdi - Atambayev Mirziyoyevni qanday kutib oldi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 5-sentabr kuni Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan keldi

"Manas"xalqaro aeroportida Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev tomonidan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasman kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qirg‘iziston va O‘zbekiston Respublikalari davlat bayroqlari ko‘tarildi, Faxriy qorovul saf tortdi, ikki davlat madhiyalari yangradi.

Davlat tashrifi doirasida Almazbek Atambayev va Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Davlat rahbarlari o‘zaro manfaatlarni aks ettiruvchi keng qamrovli masalalar yuzasidan fikr almashadilar, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qiladilar.

Yangiliklar lentasi
0