Parijda antiqa modalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Obuna bo‘lish
Dwarf Fashion Show - Parijda o‘tkaziladigan antiqa modalar namoyishi. Unda bo‘yi 130 sm dan oshmaydigan modellar ishtirok etadi. Tadbir tashkilotchilarining maqsadi moda sanoatidagi diskriminatsiyani yengishdan iborat

"Men moda industriyasida 10-yildan beri faoliyat yuritaman, talablar shu vaqtgacha o‘zgarmagan — modellar uzun bo‘yli va ozg‘in bo‘lishlari shart", — deb aytgan intervyuda tadbir tashkilotchilaridan biri Miriam Chalek.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, kunlarning birida u bo‘yi tufayli bolalar kiyim do‘konida o‘ziga libos tanlashga majbur bo‘lgan ayolga yordam bergan. Miriamning aytishicha o‘shanda xaridor ayol bo‘yiga o‘lchami mos keladigan, buning ustiga yoshiga yarasha bo‘lgan kiyim topa olmay qiynalayotganidan rosa xunob bo‘lgan. O‘shanda Miriam va uning jamoasi bu holatni o‘zgartira olamiz, degan qarorga kelishgan.

Dwarf Fashion Show ko‘rgazmasi oltinchi marotaba o‘tkazildi, ilk marta tadbir 2014-yilda namoyish etilgan.

Yangiliklar lentasi
0