18:53 27 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
FSB RF

"Islom davlati" terrorchilik tashkiloti aʼzolari odamlar gavjum joylarda bombalar portlatishni moʻljallashgan

"Guruh aʼzolari sentyabr oyida aholi gavjum joylarda va transport infrastrukturasi obʼyektlarida portlashlar uyushtirishni rejalashtirishganligi maʼlum boʻldi", — deb xabar berdi FXX.

Guruhning barcha aʼzolari qoʻlga olingan.

"Ularning yashash joylarida kuchli quvvatga ega ikki dona qoʻlbola portlovchi moslama topildi",- deb maʼlum qilindi xabarda.

Shuningdek, portlovchi moslamalar tayyorlash uchun buyumlar, ikki dona PM toʻpponchasi, RGD-5 granatalari va aloqa vositalari ham topilgan.

Guruhni xorijlik emissarlar boshqarishgan.

"Guruhda butun dunyoda zoʻravonlik yoʻli bilan islom xalifaligi oʻrnatish tarafdori boʻlgan rossiyalik va shimoliy kavkazlik fuqarolar faoliyat yuritishgan", — deb xabar qildi FXX boʻlimi.

Yana video

Asosiy mavzular