Tandir somsa yoki o‘zbek harbiylari mehmondo‘stligi

Obuna bo‘lish
Forishda bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston-Rossiya o‘quv mashg‘ulotlarida o‘zbek harbiylari rossiyalik askarlarni o‘z qo‘llari bilan pishirgan somsa bilan mehmon qilishdi.

TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Shu kunlarda Jizzaxdagi "Forish" poligonida Rossiya va O‘zbekiston harbiylari tog‘ sharoitida terrorchilarga qarshi kurash, yo‘llarini to‘sib qo‘yish va yo‘q qilish uslublarini mashq qilishmoqda va ushbu yo‘nalishda tajriba almashishmoqda.

"Bizni bu yerda juda yaxshi kutib olishdi. Ular juda mehmondo‘st ekan. Ovqatlari ham juda bamaza", — deb izoq berdi rossiyalik askar.

Ushbu mashg‘ulotlarda Rossiya Markaziy harbiy okrugi Tiva Respublikasida joylashgan tog‘-o‘qchi brigadalari kelgan.. Umumiy hisobda ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida 400ga yaqin askarlar ishtirok etmoqda.

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0