O‘zbekiston armiyasi - Markaziy Osiyoda eng qudratli armiyalardan biri

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati tomonidan 14-yanvar - Vatan himoyachilar kuni munosabati bilan harbiylarga bag‘ishlangan video joylashtirildi

Video rolikda "Kattaqo‘rg‘on" harbiy dala o‘quv maydonida tezkor-taktik o‘quv mashg‘ulotlar tasvirga olingan.

Harbiylar dala o‘quv maydonida qo‘shinlar tomonidan dushman tahdidini qaytarish va uni yo‘q qilishga doir bir-biriga bog‘liq bo‘lgan jami jangovar harakatlar, epizodlar namoyish etildi.

Dunyoning yetakchi xalqaro tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda chop etilayotgan hisobotlarda O‘zbekiston Qurolli kuchlari MDH davlatlari orasida eng zo‘r armiya sifatida tan olib kelinadi.

Xususan, Global Firepower ekspertlari o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekiston armiyasi dunyoning eng kuchli 50 armiyasi ro‘yxatiga kiritilgan va bu bilan Markaziy Osiyodagi eng qudratli harbiy derjava nomiga sazovor bo‘lgan.

 

 

Yangiliklar lentasi
0