Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi davomida qanday tadbirlar rejalashtirilgan

Obuna bo‘lish
Komil Allamjonov Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi davomida qanday tadbirlar rejalashtirilgani haqida jurnalistlarga so‘zlab berdi.

Prezident matbuot kotibi xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi doirasida quyidagi tadbirlar rejalashtirilgan:

15 may kuni soat 17:00 da prezident Vashingtonga yetib keladi.

16 may kuni Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashadi. Uchrashuvda avval tor doira keyin keng doirada muzokaralar olib boriladi. Uchrashuv yakunida 40 dan ortiq hujjatlarimzolanishi kutimoqda. Jumladan 8,5 milliard dollarlik savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy shartnomalar ham. 16-may kuni O‘zbekiston tomoni rasmiy qabul o‘tkazadi. 

17 may kuni Mirziyoyev Pentagonga tashrif buyurib AQSh mudofaa vaziri bilan muzokara o‘tkazadi. Shuningdek, Oq uyda kongressmen va senatorlar bilan uchrashadi. Shu kuni Shavkat Mirziyoyevning Jahon banki prezidenti bilan uchrashuvi ham rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0