O‘zbek desantchilari parashut bilan suvga sakrashdi

Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirligi desantchilar guruhining o‘quv mashg‘ulotlari tasvirga olingan video lavhani joylashtirdi.

Bir necha haftalik tinimsiz mashg‘ulotlardan keyin Toshkent harbiy okrugiga qarashli «Markaz» desantchilar tayyorlash bazasida harbiy xizmatchilar "Toshkent dengizi"ga parashut bilan sakrashdi.

Harbiylar bir necha kun davomida MI-8 vertolotidan parashut bilan 400 metr balandlikdan sakrashni amalga oshirib, jangovar shayliklari, tayyorgarliklari qay darajada ekanligini namoyish etdi.

Ular suvga tushgandan keyin parashutni yig‘ishtirib, qayiqchilarga topshirdi va qirg‘oqqacha bo‘lgan 200-300 metr masofani suzib o‘tdi.

Harbiylar qo‘yilgan barcha jangovar vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishdi.

Yangiliklar lentasi
0