03:49 23 Iyun 2018
Efir
  • RUB124.89
  • EUR9150.95
  • USD7883.99
© REUTERS /

Germaniya terma jamoasi muxlisi 70 yoshli Gubert Virt Rossiyaga traktorda kelmoqda. U oʻz traktoriga bochka koʻrinishidagi yogʻoch uy tirkab olib yoʻlga chiqqan.

Guber Virt 14 iyunga qadar Moskvaga yetib kelishga qaror qilgan. Ayni damda u Polsha chegarasini kesib oʻtib Belorussiyaga yetib kelgan.

Virtning traktori ham uning oʻzidan yosh emas. Lanz Bulldog nomli tarktor 1936 yilda ishlab chiqarilgan boʻlib, ayni damda u 82 yoshda. Traktorning oʻrtacha tezligi soatiga 15-20 km. Futbol ishqibozi bir sutkada 100 kilometrga yaqin masofa bosib oʻtadi.

Darvoqe, bu qariyaning traktorda amalga oshirayotgan birinchi sayohati emas. Guber Virt 20 yildan beri traktorda sayyohat qiladi. Uning bochka koʻrinishidagi yogʻoch uychasida yotish uchun joy va kichik oshxona mavjud.

Sayohatlarda doim unga Xeks ismli iti hamroh boʻladi. Uning oilasi va nabiralariya qariyaning ushbu qiziqishiga qarshilik qilishmaydi.

Yana video

Asosiy mavzular