06:30 17 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Sputnik

Shu yil 3 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qoʻnonboyev ijodiy merosini keng oʻrganish va targʻib qilish toʻgʻrisidagi qarorni imzolagandi.

Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida buyuk qozoq shoiri Abay Qoʻnonboyev tavalludining 173 yilligi munosabati bilan Sharqiy Qozogʻiston viloyati Madaniyat, arxivlar va hujjatchilik boshqarmasi tomonidan "Bizning Abay" adabiy ekspozitsiyasi tashkil etildi.

Tadbirda Qozogʻistonning Oʻzbekistondagi elchisi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashi vakillari va yana bir guruh mutasaddilar ishtirok etdilar.

Taʼkidlandiki, qozoq va oʻzbek asrlar davomida bir daryoda suv ichib, yonma-yon yelkadosh boʻlib yashab kelgan. Bugun bu qardoshlik, birodarlik ikki davlat rahbarlari sayi-harakatlari bilan yanada mustahkamlanmoqda. 2018 yilning Qozogʻistonda Oʻzbekiston yili deb eʼlon qilinishi ikki qardosh xalqning oʻzaro doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlashda, nafaqat siyosiy-iqtisodiy balki madaniy adabiy aloqalarni rivojlantirishga ham xizmat qilmoqda.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston hamkorlik munosabatlari haqida ham fikrlar bildirildi.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston davlatlari oʻrtasida oʻzaro doʻstlik va hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga koʻtarilgani, bugungi kunda ikki qardosh oʻzbek va qozoq xalqlar orasida yetishib chiqqan ulugʻ siymolar qadrlar, ularni qoldirib ketgan oʻlmas meroslarini oʻrganish va targʻib qilishga juda katta eʼtibor qaratilmoqda.

"Buyuk qozoq shoir va mutafakkir oʻrganish doirasida bizning Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda joriy yil 12 iyul kuni oʻtkazilgan "Abay Qunanboyevning ijodiy merosi oʻzbek xalqi uchun qadrlidir" mavzusidagi adabiyot kechasi muhim voqea boʻldi desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Unda ulugʻ shoir va mutafakkir ahamiyati, jahon xalqlari, jumladan oʻzbek xalqi uchun naqadar qadrli ekanligi soʻz yuritildi. Abay ijodiyoting taqdimotida muhim ahamiyatga ega boʻldi2, - deb taʼkidladi Oʻzbekitson Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi vakili Rustam Kurbanov.

Yana video

Asosiy mavzular